Ташкент, Шайхантахурский район, массив Джангох, 20
Kompaniya nomi: Nurinvest
Faoliyati: NURINVEST — moliyaviy xizmatlar sohasida faoliyat yurituvchi innovatsion kompaniya. Biz AQSh fond bozorida chuqur tahlil, aksiyalar bo‘yicha tadqiqotlar va halol investitsiya strategiyalarini targ‘ib qilishga ixtisoslashganmiz.
Asosiy Vazifalar
✅ Xodimlarni qabul qilish jarayonlarini olib borish: nomzodlarni topish, suhbat o‘tkazish va baholash.
✅ Ishga olish jarayonlarini hujjatlashtirish va rasmiylashtirish.
✅ Xodimlarning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash va adaptatsiya jarayonini boshqarish.
✅ Mehnat intizomi va ichki qoidalarga rioya etilishini ta’minlash.
✅ HR bo‘limiga oid hujjatlar va mehnat shartnomalarini yuritish.
✅ Ichki kommunikatsiyalar va jamoaviy ishni rivojlantirish.
✅ Xodimlarning motivatsiyasini oshirish va ish muhitini yaxshilash bo‘yicha tashabbuslar ishlab chiqish.
Vakansiya Uchun Qo‘yilgan Talablar
Ta’lim darajasi: Oliy, tugallanmagan oliy(Iqtisodiyot, Menejment, Psixologiya yoki HR yo‘nalishida afzal).
Jinsi va yoshi: Ayol, 22-35 yosh
Ish tajribasi:
✔ HR yoki kadrlar bo‘limida kamida 1+ yil tajriba.
✔ Ishga qabul qilish, xodimlarni boshqarish va adaptatsiya jarayonlarini olib borish.
✔ Mehnat qonunchiligini tushunish va amalda qo‘llash.
✔ KPI tizimlari bilan ishlash va xodimlarning samaradorligini monitoring qilish.
Shaxsiy Sifatlar
✔ Xushmuomalalik va xodimlar bilan samarali muloqot qilish qobiliyati.
✔ Xodimlarning muammolarini tinglash va ularga to‘g‘ri yechim topish.
✔ Jamoaviy muhit yaratish va xodimlarning motivatsiyasini oshirish qobiliyati.
✔ Mas’uliyatli, tartibli va intizomli bo‘lish.
✔ O‘z ustida ishlash va doimiy o‘sishga intilish.
Ish vaqti: 6/1, moslashuvchan grafik, yarim stavka
Agar siz HR sohasida o‘z bilim va tajribangizni ishlatib, jamoani shakllantirish va rivojlantirishga hissa qo‘shmoqchi bo‘lsangiz, bizning jamoaga qo‘shiling!